Daryo

Iyul oyidan boshlab O‘zbekistonda "tonirovka"ning narxi keskin arzonlashishi kutilmoqda

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda mashinalar “tonirovka”si 1-iyuldan bepul bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi.

1 daqiqa o‘qish43 681 ko‘rishlar0 izoh0

Iyul oyidan boshlab O‘zbekistonda avtomobil oynalarini qoraytirish (tonirovka) narxi keskin pasayishi kutilmoqda.

Hukumatdagi manbalarning Repost.uz’ga ma’lum qilishicha, tegishli hujjat tasdiqlash bosqichida.

O'zgarishlarga muvofiq:

– to‘liq "tonirovka" (barcha yon oynalar) – 15 BHM (4,5 mln. so‘m);

— orqa yon oynalar  — 1 ta BHM (300 ming so‘m).

Hozirda "tonirovka" narxlari quyidagicha:

- to'liq  - 50 BHM (15 mln. so'm);

- orqa yon oynalar - 5 BHM (1,5 mln. so'm).

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda mashinalar “tonirovka”si 1-iyuldan bepul bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi. “Daryo” bu borada IIV YHXBB bilan bog‘langanda, ularda bunday ma’lumot yo‘qligi va yaqin orada batafsil javob berilishini xabar qilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar