Daryo

“Haydovchilar va yo‘lovchilar anchadan beri kutgan, ularning kayfiyatini ko‘taradigan qarorni imzoladim” – Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari “tonirovka” bo‘yicha qaror imzolaganini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish53 819 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev “tonirovka” masalasiga to‘xtaldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Har bir islohotimiz, taklif va tashabbuslarimiz, bu – eng avvalo inson qadri uchun.

Shu bois, xalqimizga qanday yengilliklar bersak, u bizdan rozi bo‘ladi, degan savol barcha rahbarlarni har kuni, har daqiqa o‘ylantirishi kerak.

Har gal joylarga chiqqanimda oddiy-oddiy odamlar bilan uchrashib, muammolarini eshitaman, yana qancha aholimizda shunday muammolar borligi haqida o‘ylayman va unga yechim qidiraman. Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilayotgan masalalardan ham xabardorman.

Mana, bugungi kunda mamlakatimizda yengil avtomashinalar soni 3,5 milliondan oshdi. Haydovchilarimizda ham ko‘plab e’tirozlar to‘planib qolgan. Shu bois, bugun haydovchilar va yo‘lovchilar anchadan beri kutgan, ularning kayfiyatini ko‘taradigan qarorni imzoladim”, – dedi prezident.

Bundan avval iyul oyidan boshlab O‘zbekistonda “tonirovka”ning narxi keskin arzonlashishi kutilayotgani haqida xabar qilingandi.

Unga ko‘ra,

– to‘liq “tonirovka” (barcha yon oynalar) – 15 BHM (4,5 million so‘m);

— orqa yon oynalar  — 1 ta BHM (300 ming so‘m) etib belgilangan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.