Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va biroz issiq ob-havo kuzatiladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, 17—19-iyun kunlari faqat Toshkent viloyatida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.
Ushbu kunlarda harorat 34-39 darajani tashkil etadi, 17-iyun kuni janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 40-42 darajagacha issiq bo‘ladi.
Izoh (0)