Daryo

O‘zbekiston Kanada bilan Toshkentda viza markazini ochish masalasini muhokama qildi

31-may kuni Vladimir Norov Kanadaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Elison Meri Leklerni qabul qilgan

1 daqiqa o‘qish24 222 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili

31-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Kanadaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Elison Meri Leklerni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar rasmiy vakili xabar berdi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili

Ma’lum qilinishicha, uchrashuv davomida Kanada elchisi O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlarni yuksak baholagan. Dunyodagi murakkab vaziyatga qaramay O‘zbekiston islohotlar yo‘lidan izchil harakatlanishda davom etayotgani e’tirof etilgan. Kanada hukumati O‘zbekistonga bu yo‘nalishda ko‘mak berishga tayyorligi aytib o‘tilgan.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili

Tomonlar ta’lim sohasidagi aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qilgan. Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonda ushbu mamlakatning yetakchi oliy o‘quv yurtlarining filiallarini ochish, iqtisodiyotning turli sohalarida birgalikda kadrlar tayyorlash masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili
O‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida tomonlar Toshkent shahrida Kanada viza markazini ochish masalasini o‘rganishga kelishib olingan.

Mavzuga doir: AQSh elchixonasi barcha turdagi vizalarni berishni qayta tikladi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar