Daryo

O‘zbekiston birja savdolarida shakar narxi 26 foizga pasaydi

10—14-iyun kunlari birja savdolari orqali 6 ming tonnadan ortiq shakar sotilgan

1 daqiqa o‘qish41 392 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

10—14-iyunda O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida o‘tkazilgan ochiq birja savdolari natijalariga ko‘ra, shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 14 million 554,5 ming so‘mdan 10 million 754,9 ming so‘mgacha, ya’ni 26,1 foizga pasaydi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja savdolariga jami 6 004 tonna shakar qo‘yilgan bo‘lib, ulardan barchasi sotilgan. Bunda, birja savdolari orqali “Xorazm shakar” MCHJ tomonidan 3 ming tonna va “Angren shakar” MCHJ tomonidan 3 ming 4 tonna shakar sotilgan.

Ta’kidlanishicha, shakarni birjada xarid qilishda talab darajasidan kelib chiqqan holda, hududlar o‘rtasida mutanosib taqsimot shakllanmoqda.

Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda shakar narxi bilan bog‘liq turli videolar tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. AOKAda 10-iyun kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Ulug‘bek Davlatov jahonda kuzatilayotgan geosiyosiy vaziyat sabab logistika xizmatlari narxlari oshishi shakar narxiga ham ta’sir qilayotganini aytgan edi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar