Daryo

MAGATE Namanganga zamonaviy tibbiy uskunalar keltirilishida ko‘maklashadi

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzaqov Avstriyada Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik bosh direktor o‘rinbosari Lyu Xua bilan uchrashdi

1 daqiqa o‘qish20 404 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzaqov boshchiligidagi delegatsiya Avstriyada Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktor o‘rinbosari Lyu Xua bilan uchrashdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Viloyatda agentlik bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Namangandagi onkologiya shifoxonasiga zamonaviy gamma-nur terapiya uskunasi olib kelib o‘rnatilgan bo‘lib, tez orada ishga tushiriladi. Shavkat Abdurazzaqov bu sohadagi amaliy hamkorlik uchun tashkilot rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Uchrashuv davomida Namangan viloyatini tibbiyot markaziga aylantirish imkoniyatlari, xususan, mintaqada ilk pozitron-emission tomografiya jihozi olib kelib o‘rnatish va ishga tushirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Tibbiyotni rivojlantirish yo‘lida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish borasida kelishib olindi.

Namangan delegatsiyasi Venada OPEK jamg‘armasi bosh direktori o‘rinbosari Fuad Albassam bilan ham uchrashdi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Muloqotda umumiy qiymati 68 million dollarni tashkil etuvchi Zarkent, Xadikent, Iskovot, Buloqboshi, Yoshlik aholi punktlarini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash loyihasiga jamg‘armaning 53,96 million dollar miqdoridagi imtiyozli kreditini jalb etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar