Daryo

Bill Geyts va Yens Stoltenberg koronavirusga chalindi

Ularning ikkalasi ham COVID-19 ga qarshi emlangan edi

1 daqiqa o‘qish16 269 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

Microsoft korporatsiyasining asoschisi, dunyodagi eng boy odamlardan biri Bill Geyts COVID-19 yuqtirib oldi. Bu haqda uning o‘zi Twitter’da ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

“COVID-19 uchun topshirgan testim musbat chiqdi, kasallikning yengil  simptomlarini boshdan kechiryapman va mutaxassislarning maslahati bilan o‘zimni izolyatsiyaga oldim”, — deb yozdi u Twitter’da.

Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, u ilgari koronavirusga qarshi emlangan, buster dozani ham olgan.

10-may kuni NATO matbuot kotibi Oana Lungesku alyansning bosh kotibi Yens Stoltenberg ham koronavirus bilan kasallanganini ma’lum qildi.

“NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergda COVID-19 testi musbat chiqdi”, — deb yozdi Lungesku Twitter’da.

Vakilning so‘zlariga ko‘ra, Stoltenberg kasallikni yengil o‘tkazmoqda, u masofadan turib ishlashda davom etadi.

Stoltenberg to‘liq emlangan va buster dozani ham olgan, deya qo‘shimcha qildi Lungesku.

Avval AQSH davlat kotibi Entoni Blinken, Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki, Pentagon rahbari Lloyd Ostin koronavirusni boshdan kechirgani, Uels shahzodasi Charlzda ikkinchi marta koronavirus aniqlangani, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Kiyevga safaridan so‘ng omikronga chalingani haqida xabarlar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar