Daryo

Shahzoda Charlz ikkinchi marta koronavirusga chalindi

Shahzoda Charlz ishtirokida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tadbirlar, xususan, uning Vinchesterga safari bekor qilingan

1 daqiqa o‘qish28 896 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Uels shahzodasi, Buyuk Britaniya qirolichasining to‘ng‘ich o‘g‘li Charlzda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda uning matbuot xizmati Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

“Bugun tongda Uels shahzodasining COVID-19 ga topshirgan testi natijasi ijobiy chiqdi va hozirda o‘zini o‘zi yakkalash rejimiga o‘tgan”, — deyiladi xabarda.

Shahzoda Charlz ishtirokida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tadbirlar, xususan, uning Vinchesterga safari bekor qilingan.

BBC’ning o‘z manbalariga tayanib yozishicha, koronavirus tasdiqlanishidan ikki kun oldin shahzoda Charlz Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bilan uchrashgan. Qirolichada kasallikning hech qanday belgilari kuzatilmayapti.

73 yoshli shahzodaning ahvoli qanday ekanligiga aniqlik kiritilmagan. 2020-yilning martida ham Charlzda koronavirus aniqlangan, biroq yengil kechgan edi. 2021-yilning fevralida esa shahzoda Charlz va uning rafiqasi Kornuoll gersoginyasi Kamilla koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangandi.

Avvalroq Daniya qirolichasi Margrete II va Ispaniya qiroli Filipp VI da ham koronavirus aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar