AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenda COVID-19 testining natijasi musbat chiqdi, u kasallikning yengil alomatlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays ma’lum qildi.
“Davlat kotibi Entoni Blinken koronavirus uchun PZR testidan musbat natija bilan o‘tdi. Kotib vaksinaning ikkala dozasini ham, buster dozani ham olgan, u kasallikning yengil alomatlarini boshdan kechirmoqda”, — dedi Prays.
Qayd etilishicha, davlat kotibining avvalgi ikkita testi manfiy bo‘lgan. Shuningdek, Blinken so‘nggi bir necha kun ichida AQSH prezidenti Jo Bayden bilan uchrashmagan.
Davlat kotibi o‘zini izolyatsiyaga olgan va uydan ishlashda davom etmoqda.
Avval Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki, Pentagon rahbari Lloyd Ostin koronavirusni boshdan kechirgani, Uels shahzodasi Charlzda ikkinchi marta koronavirus aniqlangani, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Kiyevga safaridan so‘ng omikronga chalingani haqida xabarlar berilgandi.