Daryo

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan yana koronavirusga chalindi

Armaniston bosh vaziri 2020-yilning iyun oyida ham COVID-19 bilan kasallangan edi

1 daqiqa o‘qish44 038 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan koronavirusga chalindi, u o‘zini yakkalash rejimiga o‘tgan. Bu haqda respublika hukumatining Telegram kanalida xabar berildi.

Foto: Getty Images

“Bosh vazir Pashinyan masofadan turib ishlaydi”, — deyiladi bayonotda.

Armaniston bosh vaziri 2020-yilning iyun oyida ham COVID-19 bilan kasallangan edi. O‘sha paytda ham u o‘zini izolyatsiyaga olgan. 2021-yilning may oyida Nikol Pashinyan va uning rafiqasi Anna Akopyan koronavirusga qarshi emlangan.

Pashinyan, shuningdek, 2021-yilning yanvarida o‘zini yakkalash rejimiga o‘tgandi. O‘shanda bosh vazir qayta infeksiya yuqtirganmidi yoki uning atrofidagilardan biror kimda kasallik aniqlanganmidi — uning matbuot kotibi Mane Gevorgyan buni ochiqlamagan.

Armaniston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan bir kecha-kunduzda COVID-19 ga chalinish bo‘yicha 1931 ta yangi holat aniqlangan, butun pandemiya davrida esa 355 mingdan ortiq odam infeksiyani yuqtirib olgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar