Daryo

O‘zbekiston Ramazon munosabati bilan Afg‘onistonga 58 ta vagondan iborat poyezdda insonparvarlik yordamini jo‘natdi

Poyezd Termiz shahridagi “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatga jo‘nab ketgan

1 daqiqa o‘qish33 814 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

30-aprel kuni O‘zbekiston afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi, deb xabar berdi Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 58 ta vagondan iborat ezgulik poyezdi Termiz shahridagi “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatga jo‘nab ketgan. Shu munosabat bilan ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini ilk bor 2021-yilning 14-sentabr kuni yuborgan. Un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur tovarlar, dori-darmonlar, kiyim-kechak va poyabzallardan iborat 1300 tonna og‘irlikdagi yordam butun mamlakat bo‘ylab kam ta’minlangan afg‘on oilalariga tarqatilgan. Dekabr oyida esa O‘zbekistonning Afg‘onistonga yuborgan navbatdagi insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan va unda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev hamda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligidagi mamlakat rasmiylari ishtirok etgandi.

Mavzuga doir: “Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha quruq so‘zdan amaliy ishlarga o‘tish vaqti keldi” — Abdulaziz Komilov

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar