Daryo

O‘zbekistonda may 39 darajagacha issiq ob-havo bilan boshlanishi kutilmoqda

Ba’zi joylarda shamol tezligi kuchayishi, chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin

1 daqiqa o‘qish31 457 ko‘rishlar0 izoh0

“O‘zgidromet” 4-maygacha qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prognozlarga ko‘ra, 29—28-aprel kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida bugun kunduz kuni, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

1—2-mayda respublika hududiga Eron hududlaridan may oyining boshi uchun ancha issiq bo‘lgan havo kirib kelishi kuchayadi. Kunduz kunlari havo 32-34 darajagacha, respublika janubida 36-39 darajagacha isiydi. Bunday harorat foni meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun ushbu davrning eng yuqori haroratidan faqat 2-3 darajaga past bo‘ladi. Shu kunlarda faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qolgan hududlarda quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

3—4-mayda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, 3-mayda ba’zi joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Kunduzi havo harorati 22-25 darajagacha pasayadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning ayrim hududlarida 30-aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar