18—20-aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

- 19-aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
- 19—20-aprelda Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
- 20-aprelda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
- 19—20-aprelda respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda 16-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi








