Daryo

O‘zbekiston Ukrainaga 34 tonnadan ortiq gumanitar yordam yubordi

Gumanitar yordam tarkibidan dori-darmonlar, jami 400 ming donadan ortiq bo‘lgan 21 ta pozitsiyadagi mahsulot o‘rin olgan

1 daqiqa o‘qish30 204 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Zakarpatye viloyati harbiy maʼmuriyati matbuot xizmati

8-aprel kuni Ukrainaning Karpatorti viloyati harbiy ma’muriyatining Yevropa gumanitar xablarining biriga O‘zbekistondan 34 tonnadan ortiq gumanitar yordam yetib kelgan. Bu haqda Karpatorti viloyat rahbari Viktor Mikita ma’lum qildi.

Foto: Karpatorti viloyati harbiy ma’muriyati matbuot xizmati

Viloyat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondan dori-darmon, individual dori qutilari, uzoq muddat saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, jami 400 ming donadan ortiq bo‘lgan 21 ta pozitsiyadagi mahsulot yetib kelgan.

Foto: Karpatorti viloyati harbiy ma’muriyati matbuot xizmati

“Yuk samolyotda yetib keldi, keyin esa Karpatortiga yetkazildi. Bu biz qisqa vaqt ichida harbiy holat sharoitida yo‘lga qo‘ygan logistika samaradorligini yana bir bor isbotlaydi. Gumanitar yordam zudlik bilan zarur nuqtalarga jo‘natiladi”, — deya ta’kidlagan viloyat rahbari.

Foto: Karpatorti viloyati harbiy ma’muriyati matbuot xizmati

“Gazeta.uz”ning yozishicha, Viktor Mikita O‘zbekiston hukumatiga ko‘rsatgan yordami va Ukrainaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenkoga muvofiqlashtirish va samarali gumanitar yo‘lak uchun minnatdorchilik bildirgan. “Ishonchim komilki, bu aloqalar bizga yanada samarali hamkorlik qilish imkonini beradi”, — degan Karpatorti rahbari.

O‘zbekiston hukumati Ukrainaga gumanitar yordam yuborilishi haqida xabar bermagan. 9-mart kuni AQSH davlat kotibi Entoni Blinken “Ukraina va Afg‘oniston xalqiga ko‘rsatayotgan gumanitar yordami” uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, 17-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ukraina atrofida bo‘layotgan mojaro yuzasidan O‘zbekistonning pozitsiyasini aytgandi. “O‘zbekiston Ukraina mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan oladi. Biz Lugansk va Donetsk mustaqilligini tan olmaymiz”, — deya ta’kidlagan TIV rahbari. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar