Daryo

Toshkentdagi “Yangiobod” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Oqibatda bozor hududidagi oshxona, somsaxona va rastalarning 120 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan

1 daqiqa o‘qish63 378 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Toshkent viloyati Yashnobod tumanida 13-fevral kuni bozorlardan biri yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Qayd etilishicha, shu kuni soat 07:48 da tumanning Yangiobod ko‘chasida joylashgan “Yangiobod” bozor hududida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 07:52 da yetib borib, yong‘in soat 08:11 da o‘rab olingan va soat 08:17 da bartaraf etilgan.

Yong‘inda bozor hududida joylashgan oshxona, somsaxona va rastalarning taxminan 120 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va jihozlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar