Daryo

O‘zbekistonda endi professional ta’lim o‘quvchilariga ham stipendiya berilishi mumkin

Dual ta’lim shaklini joriy qilgan eng yaxshi 100 ta professional ta’lim muassasasiga har yili 50 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi

1 daqiqa o‘qish42 258 ko‘rishlar0 izoh0

Prezidentning “Professional ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan islohotlarni jadallashtirish va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarorda ko‘zda tutilgan bir qator imtiyozlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim shaklini joriy qilish imkoniyati kengaytiriladi va ta’lim jarayonlari bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi. Dual ta’lim shaklini joriy qilgan eng yaxshi 100 ta professional ta’lim muassasasiga har yili 50 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

Professional ta’lim muassasasi o‘quv-amaliyoti jarayonida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (tovar, ish, xizmatlarni) sotishi mumkin bo‘ladi. Professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tabaqalashtirilgan tartibi joriy etiladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar