Daryo

Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani haqidagi xabarga izoh berildi

Ma’lum qilinishicha, videoasvirda serial suratga olish jarayoni aks etgan

1 daqiqa o‘qish77 640 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lganligi haqidagi xabar ostida voyaga yetmaganlar ishtirokidagi janjal aks etgan video tarqaldi. Mazkur videotasvir yuzasidan Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, videoda aks etgan hodisa “Maktab” nomli serialning suratga olish jarayonidagi holat bo‘lib, avgust oyining oxirlarida Mirzo Ulug‘bek tumanida tasvirga olingan.

Ssenariy bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi janjal vaqtida o‘quvchilardan birining ukasi himoya qilishi kerak bo‘lgan kadr aks etgan. Serialni suratga olishga jalb etilgan aktyorlardan biri ushbu jarayonni o‘zining telefoniga tasvirga olib, internet tarmog‘iga joylashtirgan.

Bundan avval Buxoro shahar hokimligi binosi yaqinida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tgani, Namanganda bank rahbari fuqaroni kaltaklagani tasvirlangan video tarqalgani hamda Qashqadaryoda aliment qarzdorligini undirishga kelgan MIB xodimini temir bo‘lagi bilan urgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar