Daryo

Britaniyada qirolicha Yelizaveta II hukmronligining 70 yilligini nishonlash boshlandi

1952-yilda taxtga o‘tirgan qirolicha 95 yoshida ham rasmiy vazifalarini bajarishda davom etmoqda

1 daqiqa o‘qish56 904 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: BBC

Buyuk Britaniyada 5-fevral, shanba kuni qirolicha Yelizaveta II taxtga o‘tirganining 70 yilligini nishonlash boshlandi, deb yozmoqda Reuters.

Foto: BBC

Yelizaveta II 1952-yil 6-fevralda, otasi qirol Jorj VI ning vafotidan so‘ng Britaniya va o‘ndan ortiq boshqa qirolliklar, jumladan, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya qirolichasi bo‘lgandi.

95 yoshli qirolicha o‘zining rasmiy vazifalarini bajarishda davom etmoqda, biroq oktabr oyida noma’lum kasallik tufayli kasalxonada bir kechani o‘tkazgandan so‘ng u omma oldida kam ko‘rinish bermoqda.

Hukmronligining 70 yilligi munosabati bilan Britaniya xalqiga yo‘llagan murojaatida Yelizaveta II o‘g‘li, shahzoda Charlz qirol bo‘lgach, uning rafiqasi Kamillaning qirolichalik tojini kiyishi istagini bildirdi.

“O‘g‘lim Charlz qirol bo‘lganida, bilamanki, siz unga va rafiqasi Kamillaga ham menga ko‘rsatgan yordamingizni ayamaysiz; Vaqti kelganda Kamilla qirolichaning turmush o‘rtog‘i sifatida tanilishini chin dildan tilayman”, — dedi Britaniya qirolichasi.

Qirolichaning turmush o‘rtog‘i unvoni qirolning rafiqasi u bilan teng ijtimoiy mavqega ega ekanini anglatadi. Biroq, u hukmdorlikning siyosiy va harbiy vakolatlariga ega bo‘lmaydi.

Guardian nashrining yozishicha, shahzoda Charlz o‘zi taxtga o‘tirgandan so‘ng Kamillaga qirolning turmush o‘rtog‘i unvonini berish va u bilan birga toj kiyish istagini anchadan beri izhor qilib kelgan. Shundan so‘ng uning unvoni “qirolicha Kamilla” bo‘lib yangraydi.

Qirolicha Yelizaveta II ning Kamillaga xayrixohligi avvalroq sezila boshlagan, deb yozadi Guardian. Misol uchun, dekabr oyining oxirida u Charlzning rafiqasiga eng oliy darajadagi orden Qirollik xonimi unvonini bergandi. Ko‘pchilik ekspertlar buni Kamillaning bo‘lajak qirolicha maqomiga yaqinlashayotganidan dalolat sifatida qabul qilgan, deyiladi nashrda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar