Daryo

O‘zbekistonda 2-fevral kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

Chorshanba kuni ayrim viloyatlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin

2 daqiqa o‘qish51 912 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Respublika Gidrometeorologiya markazi 2-fevral, chorshanba kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, cho‘l hududlarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, kunduzi ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda hafta oxirlariga borib harorat 17 darajagacha ko‘tariladi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar