Daryo

O‘zbekistonda hafta oxirlariga borib harorat 17 darajagacha ko‘tariladi

Respublika Gidrometeorologiya markazi hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish71 056 ko‘rishlar0 izoh0

Ushbu hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmaydi, deb xabar bermoqda Respublika Gidrometeorologiya markazi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, 31-yanvar va 1—4-fevral kunlari respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 2-fevralda janubiy hududlarda biroz yomg‘ir yog‘adi.

Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi. Shamol asosan kuchsiz bo‘ladi.

Kechalari harorat 0-5 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, shimolda hafta boshida 4 daraja sovuqqacha bo‘ladi.

Dushanbadan payshanbagacha kunduz kunlari harorat 5-10 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 12 darajagacha iliq bo‘ladi.

4-fevral, juma kuni yer bosimining keskin pasayishi boshlanadi va harorat 11-14 darajagacha, janubda esa 15-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: “O‘zgidromet” 1-fevralda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar