O‘zbekiston hududiga 28—29-yanvar kunlari Eron hududlaridan Kaspiy dengizi va Turkmaniston orqali nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar beradi “O‘zgidromet”.

- 28-yanvarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida 17-22 metr/sekundgacha;
- 28-yanvarda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida 17-22 metr/sekundgacha, ayrim joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin;
- 29-yanvarda Surxandaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.
Mavzuga doir: Toshkent viloyatida 27-yanvar kuni chang bo‘roni kuzatilishi mumkin








