Daryo

“Real” Erling Holandni sotib olsa, Karim Benzema jamoani tark etishi mumkin

“Qirollik klubi” yetakchisi Holand sabab klubdan ketmoqchi

1 daqiqa o‘qish32 978 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Karim Benzema agar “Real” “Borussiya D” hujumchisi Erling Holandni sotib olsa, klubni tark etadi. Bu haqda El Nacional’ga tayanib, “Chempionat” xabar berdi.

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, 34 yoshli fransiyalik hujumchi klub prezidenti Florentino Peresga faoliyatini “Real”da davom ettirish istagi borligi haqida ma’lum qilgan, ammo agar klub Holand bilan shartnoma imzolasa, ketish haqida o‘ylab ko‘radi. Biroq “qaymoqranglilar” “PSJ” forvardi Kilian Mbappeni qo‘lga kiritgan taqdirda, Benzema “Real”da qolishi mumkin.

Benzemaning “Real” bilan shartnomasi 2023-yilning yozida yakuniga yetadi. Hujumchi 2021/22-yilgi mavsumda La Ligada 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U, shuningdek, Chempionlar Ligasidagi 5 ta o‘yinda 5 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.

Avvalroq yozda erkin agentga aylanadigan Mbappening “Real”ga o‘tishi va hatto bitim shartlarigacha kelishuvga erishgani haqida bir necha bor xabar berilgandi. Shuningdek, Holand ham agenti Mino Rayolaga “Real” bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligini aytgandi.

Mavzuga doir: Karim Benzema: Ronaldu “Real”dan ketganidan keyin mening navbatim keldi

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar