Daryo

Karim Benzema: Ronaldu “Real”dan ketganidan keyin mening navbatim keldi

“Real” hujumchisi France Football’ga intervyu berib, bir qator mavzularda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

2 daqiqa o‘qish34 414 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

“Real” hujumchisi Karim Benzema France Football nashriga intervyu berib, bir qator mavzularda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Twitter
Krishtianu Ronalduning ‘Real’dagi davri haqida

U ‘Real’da o‘ynaganida yiliga 50—60 ta gol urgan. Shuning uchun bu haqiqatga moslashishim kerak edi. Maydonda ko‘proq harakat qilishim, unga joy yaratishim lozim bo‘lardi

U ketganidan so‘ng nazoratni qo‘lga olish, gol urish va jamoadoshlarimga yordam berish navbati menga keldi. Jamoani o‘z bilganimcha boshqaryapman va hammasi yaxshi ketmoqda.

Men Ronaldu kabi o‘ynamayman, u ham Benzema kabi o‘ynamaydi. Krishtianu ‘Real’da o‘ynaganida, men vaziyat yaratib beruvchi, u esa yakunlovchi edi.

O‘yin uslubi haqida

Agar statistik ma’lumotlarni hisobga olmasak, ko‘p gol urayotganim sababli o‘yinim o‘zgargani yo‘q deb o‘ylamayman. Men harakat qilyapman, vaziyatlar yaratyapman, gollar uzatmalar beryapman. Doimo shunday o‘ynay olganman. Hali ham o‘sha futbolchiman.

Avval o‘yin uslubi tufayli tanqidlarga uchragani haqida

Futbol avvalgidek tomosha qilinmayapti. Uchrashuv 90 daqiqa davomida tomosha qilinmayapti, buning o‘rniga ijtimoiy tarmoqlar mavjud.

O‘yinchining maydonda nima qilayotganini ko‘rish uchun vaqt sarflanmayapti, hamma faqat gol urgan o‘yinchiga qaraydi, ertasiga esa u uni eng zo‘ri deb topiladi.

Bu men bilan ham sodir bo‘lgan. Men unchalik yaxshi o‘ynamaganman, lekin gol urganman va eng yaxshi deb tan olinganman.

Menga bunday futbol yoqmaydi, lekin kelajakda bu narsa ko‘payib boraveradi. Futbol faqat statistikaga qaraladigan sport turiga aylanib qoldi. Bunga moslashish kerak va buni yaxshi uddaladim.

Kilian Mbappe haqida

Mbappe allaqachon eng yaxshi o‘yinchilardan biri hisoblanadi. Uni yorqin kelajak kutmoqda.

Terma jamoada birga o‘ynashimizdan xursandman. Uning salohiyatini va nimalarga qodirligini bilaman.

Karim Benzema, ‘Real’ hujumchisi
Fransiyalik 34 yoshli futbolchi 2021/22-yilgi mavsumda “Real” safida barcha musobaqalar doirasida 26 o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar