Daryo

Erling Holandning qaysi klubga o‘tmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

“‘Borussiya D’ keyingi mavsum uchun hozir qaror chiqarishim kerakligini aytib, menga bosim o‘tkazmoqda”, — deydi Holand

1 daqiqa o‘qish64 013 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

“Borussiya D” hujumchisi Erling Holand kelajagiga borasidagi savollarga oydinlik kiritdi.

Foto: Getty Images

Hozirda Holandga bir qator grand klublar qiziqish bildirmoqda. Xususan, Angliyaning “Manchester Siti” klubi norvegiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bosh murabbiy Pep Gvardiola uni jamoani tark etgan Ferran Torresning o‘rnini to‘ldira oladigan yagona nomzod sifatida ko‘rmoqda. “Shaharliklar” tarkibida ayni vaqtda faqatgina bitta hujumchi — Gabriel Jezus qolgan.

Holandning o‘zi esa “Real”da o‘ynashni xohlamoqda, deb xabar beradi AS. 21 yoshli futbolchi agenti Mino Rayolaga hozirda “PSJ”da to‘p surayotgan Kilian Mbappe bilan birga “qaymoqranglilar” safida o‘ynashni xohlayotganini aytgan.

Holand Rayoladan tezroq “Real” bilan kelishuvga erishishni so‘ragan. Chunki “Borussiya D” futbolchini kelajagi borasida tezroq qaror chiqarishga undagan. Bu haqida Holand “Frayburg”ga qarshi o‘yindan so‘ng (5:1) aytib o‘tdi:
“Borussiya D” keyingi mavsum uchun hozir qaror chiqarishim kerakligini aytib, menga bosim o‘tkazmoqda. Men shunchaki futbol o‘ynashni xohlayman. Ehtimol, tez orada chora ko‘rishim kerakligini anglatar. Avvalroq bu haqida umuman gapirmaganman, chunki klubni hurmat qilaman. Erling Holand, “Borussiya D” hujumchisi
Dortmundliklar direktorlar kengashi raisi Hans Yoahim Vatske norvegiyalik hujumchining so‘zlariga munosabat bildirdi:
Erling — birdaniga qaror chiqaradigan odam. Unga ruxsat berilgan, u bilan hech qanday muammo yo‘q. Albatta, klubning vaziyatga qarashi borasida o‘z tasavvuriga ega bo‘lishga haqqi bor. Uning jamoadagi kelajagiga oydinlik kiritishini may oyining so‘ngiga qadar kuta olmaymiz. Hans Yoahim Vatske, “Borussiya D” direktorlar kengashi raisi
Ma’lumot uchun, 21 yoshli Erling joriy mavsum Bundesligada 13 o‘yinda 15 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Holandning dortmundliklar bilan shartnomasi 2024-yilda o‘z yakuniga yetadi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar