Daryo

AQShda politsiya xodimi reanimatsiyadagi mahbusni otib tashladi

Muolaja vaqtida mahbus politsiyachiga hujum qilgan

1 daqiqa o‘qish96 940 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: News week

AQShning Shimoliy Karolina shtatida politsiyachi avval hibsda bo‘lgan va  tez yordam bo‘limiga olib kelingan erkakni otib o‘ldirdi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Foto: News week

Hodisa 15-yanvar kuni tongda, mahbusning ofitser bilan mushtlashuvidan so‘ng sodir bo‘lgan, deydi rasmiylar.

Darem politsiyasining nazorati ostida bo‘lgan erkak Dyuk universiteti kasalxonasida davolanayotgan bo‘lgan. Muolaja vaqtida u politsiyachiga hujum qilib, qurolini tortib olgan.

Ofitser hujumchini boshqa to‘pponcha bilan otgan. Kasalxona tibbiyot xodimlari erkakka yordam ko‘rsatgan, biroq u vafot etgan.

Hodisada boshqa hech kim jabrlanmagan.

Avval AQShda politsiyachi shifoxonaga yotqizilgan qora tanli erkakni otib qo‘ygandi. Shundan so‘ng bir necha o‘nlab mahalliy aholi politsiyadagi irqchilik xurujiga qarshi norozilik namoyishiga chiqqan.

Shuningdek AQShda noma’lum shaxs ko‘cha o‘rtasida odamlarga o‘q uzgani, Hindistonda harbiylar xatolik tufayli 10 dan ortiq tinch aholini otib tashlagani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar