Daryo

Hindistonda harbiylar xatolik tufayli 10 dan ortiq tinch aholini otib tashladi

Askarlar konchilarni isyonchilar deb yangilishgan va o‘t ochgan

1 daqiqa o‘qish69 168 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Yandex

Hindiston shimoli-sharqidagi Nagalend shtatida qurolli kuchlar tinch aholini isyonchi guruh deb o‘ylab, o‘qqa tutdi. AFP ma’lumotlariga ko‘ra, 13 kishi, Reuters agentligiga ko‘ra — 14 nafar tinch aholi vakili va bir nafar xavfsizlik xodimi halok bo‘lgan.

Foto: AP Photo

Hodisa Mon okrugidagi (Myanma bilan chegaradosh) Oting qishlog‘i va uning atrofida sodir bo‘lgan.

“Askarlarda hududdagi qandaydir jangarilar harakati haqida razvedka ma’lumotlari bor edi, ular yuk mashinasini ko‘rib, konchilarni isyonchilar deb yangilishgan va o‘t ochgan, natijada olti ishchi halok bo‘lgan”, — deya politsiya xodimlaridan biri anonim qolish sharti bilan Reuters agentligiga ma’lum qildi.

Shundan so‘ng, uning so‘zlariga ko‘ra, otishma haqidagi xabar butun qishloqqa tarqalgan va hududning yuzlab aholisi harbiy lagerni o‘rab olgan. Tomonlar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lib, unda yana sakkiz nafar tinch fuqaro va bir nafar xavfsizlik xodimi halok bo‘lgan.

“Hozir butun Mon okrugida vaziyat juda tarang. 13 kishining o‘limi tasdiqlangan, ulardan biri Nagalendga boshqa joydan kelgan ishchi edi”, — dedi shtat politsiyasi xodimi Sandip M.Tamgaj AFP agentligiga.

Hindiston ichki ishlar vaziri Amit Shoh tinch aholi o‘limi haqidagi xabardan qayg‘uda ekanini bildirdi. Nagalend bosh vaziri Neyfiu Rio voqea yuzasidan tekshiruv olib borilishi va aybdorlar javobgarlikka tortilishini aytdi. U ushbu hodisani razvedkadagi muvaffaqiyatsizlik deb atadi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar