Daryo

Ilon Mask rossiyalik Tesla elektromobillari egalarining shikoyatlariga javob qaytardi

U kompaniya butun dunyo bo‘ylab Tesla elektromobillari egalarini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga urinayotganini ma’lum qilgan

1 daqiqa o‘qish56 242 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Global Look Press

Amerikalik biznesmen Ilon Mask o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali rossiyalik Tesla elektromobillari egalarining rasmiy servislar yo‘qligi borasidagi shikoyatlariga javob qaytardi.

Foto: Global Look Press

“Tesla kompaniyasi imkon qadar tezroq butun dunyo bo‘ylab Tesla elektromobil egalarini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga urinmoqda”, — deb yozadi u.

Shuningdek, u Tesla kompaniyasi va biznesmenning boshqa loyihalariga oid yangiliklarni yorituvchi Tesmanian portali xabarlari havolasini ulashgan foydalanuvchiga e’tibor qaratgan. Material o‘z navbatida YouTube’dagi Go Electro kanaliga joylashtirilgan videomurojaatga havola beradi.

“Biz elektromobillarimizdan tezkor quvvatlantirish shoxobchalari mutlaq yo‘q holatda foydalanyapmiz. Bizda servislar, rasmiy texnik xizmat ko‘rsatish yo‘q. Biror ehtiyot qism kerak bo‘lib qolsa, xorijdan buyurtma qilyapmiz va bu yarim yil davom etadigan sarguzashtga aylanmoqda”, — deydi kanal muallifi Dmitriy Sakal.

U Maskdan Rossiyadagi elektromobil egalari nomidan mamlakatda Tesla’ning rasmiy ofisini ochishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning mayida Ilon Mask “Yangi bilim” forumida kompaniya tez orada Rossiya bozoriga chiqishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u Rossiyani Tesla ishlab chiqarish uchun potensial hudud sifatida ko‘rayotganini bildirgan.

Ma’lumot uchun, 2019-yilda Ilon Maks Qozog‘istonda Tesla’ning servis markazlari va quvvatlantirish stansiyalarini qurishga va’da bergandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar