Daryo

Video: Qamchiq va Taxtaqoracha dovonlarida qor yog‘moqda

YHXBB shu munosabat bilan haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi

1 daqiqa o‘qish59 856 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistondagi Qamchiq va Taxtaqoracha dovonlarida qor yog‘a boshladi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Qamchiq dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘lining 235–240-kilometrlarida (ikki tunnel oralig‘ida) maydalab qor yog‘ishni boshlagan.

Shuningdek, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonining ayrim hududlarida ham qor yog‘moqda. Yo‘llar holati yaxshi.

YHXBB barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda, tezlikni me’yordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘ragan.

“Agar zarurat bo‘lmasa, tungi vaqtda dovon yo‘lida harakatlanmaslik tavsiya qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” 7-yanvar uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12  metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar