Daryo

Tesla texnik nosozliklarni tuzatish uchun 475 mingta elektromobilini chaqirib oladi

Xususan, 2017–2020-yillarda ishlab chiqarilgan 356 mingta Model 3 ning barchasi chaqirib olinadi

1 daqiqa o‘qish35 914 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Tesla avariyalar xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan texnik nosozliklar tufayli AQShda sotilgan 475 mingta elektromobilini chaqirib oladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Foto: Getty Images

Xususan, 2017–2020-yillarda ishlab chiqarilgan 356 mingta Model 3 ning barchasi qaytarib olinadi. Elektromobillarning bagajini ochib-yopishda u orqadan ko‘rish kamerasining simlariga zarar yetkazishi mumkin, bu esa kameraning ishlamay qolishiga olib keladi.

Bundan tashqari, 2014-yildan beri ishlab chiqarilgan 119 ming Model S avtomobili ham qaytarib olinadi. Ularning qulfi almashtiriladi, hozirda mashinalar qulfidagi nosozlik tufayli kapot birdaniga ochilib ketishi mumkin.

Ikkala muammo ham qo‘shimcha xarajatlarsiz hal qilinadi, deyiladi Tesla bayontida.

Chaqirib olinadigan avtomobillar soni Tesla’ning butun 2020-yil davomida ishlab chiqargan elektromobillari soni bilan deyarli bir xil. O‘sha yili kompaniya qariyb 510 mingta elektromobil ishlab chiqargan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar