Daryo

AQSh elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylanadi — Bayden

Jo Bayden General Motors’ning Detroytdagi elektromobillar ishlab chiqaruvchi zavodiga tashrif buyurdi

1 daqiqa o‘qish38 410 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

AQSh prezidenti Jo Bayden General Motors’ning Detroytdagi elektromobillar ishlab chiqaruvchi zavodiga tashrif buyurdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Foto: Reuters

Prezident 1 trillion dollarlik infratuzilma to‘g‘risidagi qonunni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan umummilliy turnesi doirasida Michigan shtatidagi eng yirik shahar — Detroytda joylashgan GM zavodidagi elektromobilni shaxsan sinovdan o‘tkazgan. Qonunda elektromobillarni quvvatlantirish bo‘yicha milliy tarmoqni yaratishga 7,5 milliard dollar ajratish ko‘zda tutilgan.

Avtozavodga tashrifi davomida Bayden AQSh hozirda kelajak elektromobillariga investitsiya kiritish borasidagi global poygada Xitoydan o‘zib ketish yo‘lida turganini ma’lum qilgan.

Foto: Reuters

“XXI asrning katta qismida biz sezilarli darajada yetakchilik qildik, chunki odamlarimizga investitsiya kiritdik. Biz o‘zimizga pul tikdik. Lekin nimadir kutilganidek bo‘lmadi. Shundan buyon Xitoy ushbu poygada yetakchi bo‘lib kelayotgandi. Bu tez orada o‘zgaradi, chunki mazkur qonun sabab keyingi yilda, so‘nggi 20 yil ichida birinchi bor Amerikaning infratuzilmaga investitsiyasi Xitoynikidan sezilarli darajada ko‘p bo‘ladi”, — deydi Bayden.

Foto: Reuters

Ta’kidlanishicha, Bayden AQShda sotilayotgan elektromobillarning qariyb 80 foizi to‘g‘ri keladigan Tesla kompaniyasini eslab o‘tmagan. Shu bilan birga, kompaniya asoschisi Ilon Mask Tesla xodimlari kasaba uyushmasini tuzishiga rozi bo‘lmayapti.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning yanvarida AQSh prezidenti Jo Bayden Made in America (“Amerikada ishlab chiqarilgan”) to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi. O‘shanda Bayden o‘z tashabbusi bilan avtomobil sektorida milliondan ortiq ish o‘rinlarini yaratishiga va AQShni elektromobillar ishlab chiqarishdagi yetakchiga aylanishi umid qilayotgani ma’lum qilingandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar