Daryo

Belgiyada “omikron” shtammi tufayli yangi cheklovlar amalga kiritildi

Mamlakatda kinoteatrlar, teatrlar, konsert zallari va boshqa ko‘ngilochar tashkilotlar yopiladi. Sport o‘yinlariga tomoshabinlar qo‘yilmaydi

1 daqiqa o‘qish91 636 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Redvers

Belgiyada koronavirusning “omikron” shtammi tarqalishi tufayli 26-dekabrdan boshlab pandemiyaga qarshi kurash bo‘yicha qat’iyroq choralar joriy etildi. Mamlakatda kinoteatrlar, teatrlar, konsert zallari va boshqa ko‘ngilochar tashkilotlar yopiladi. Sport o‘yinlariga tomoshabinlar qo‘yilmaydi.

Foto: Redvers

Yangi cheklovlarga ko‘ra, Belgiyada olti yoshdan katta o‘quvchilar maktablarda niqob taqishi shart. Ta’lim muassasalari vaqtidan oldin ta’tilga yopilgan, ular 10-yanvarda ochiladi. Kompaniyalar imkon qadar xodimlarini masofadan ishlashga o‘tkazishi zarur. Xodimlar haftada kamida to‘rt kun uydan ishlashi kerak.

Belgiya hukumati sayti xabariga ko‘ra, cheklovlar bo‘yicha qaror 22-dekabr kuni qabul qilingan. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanishning kamayishi kuzatilgan bo‘lsa-da, “omikron” ustun shtammga aylanmoqda. Mamlakatda aholining 76 foizi, jumladan, bolalar ham emlangan.

Avvalroq Germaniyada koronavirusning “omikron” shtammiga chalingan odamlar orasida birinchi o‘lim qayd etilgandi. 20-dekabrdan Germaniya “omikron” shtammi tufayli britaniyaliklarning mamlakatga kirishini cheklagan.

Niderlandiya hukumati “omikron” shtammi tarqalishi tufayli Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib lokdaun joriy qilgan.

Isroil hukumati tez tarqalayotgan “omikron” shtammiga qarshi kurashish uchun 60 yoshdan oshgan fuqarolarning barchasiga vaksinaning to‘rtinchi dozasini olishni tavsiya qilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar