Daryo

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastladi

Markaziy bank 20-dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi

1 daqiqa o‘qish76 813 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Markaziy bank

Markaziy bank 20-dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,90 so‘mga pastlab, 10 821,32 so‘mni tashkil qildi. Yevro 1,35 so‘mga ko‘tarilib, 12 265,97 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi bir kunlik pastlashdan so‘ng yana ko‘tarilib, 10 840,22 so‘mni tashkil qilgandi. Tijorat banklarida esa 15-dekabr kuni dollar kursi 10 900 so‘mga qadar ko‘tarilgandi. Hisob palatasi 2022-yilda dollar kursi 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishini prognoz qilmoqda.

Prezidentning “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilishi mumkin. Mavzuga doir: 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar