Daryo

O‘zbekiston maktablarida qishki ta’til qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Ta’til 14 kun davom etadi

1 daqiqa o‘qish138 310 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi, deb xabar berdi Xalq ta’limi vazirligi.

Qayd etilishicha, o‘quvchilar uchun II chorakning so‘nggi kuni 27-dekabrga to‘g‘ri kelib, 28-dekabr kuni qishki ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 14 kalendar kun, ya’ni 2022-yil 10-yanvargacha davom etadi. III chorak 2022-yilning 11-yanvaridan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston maktablarida kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlangan. Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etgan. II chorak esa 10-noyabrdan boshlangan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 5 milliondan ortiq o‘quvchiga mo‘ljallangan maktablarda 6,2 mln o‘quvchi ta’lim olmoqda — XTV

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar