Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yangi yil dasturxonini oliviye salati va mandarinlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ushbu meva nafaqat mazali, balki foydaliligi bilan ham o‘ziga xosdir. Unda salomatlik uchun foydali bo‘lgan vitamin va minerallar serob.

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Tarkibida A vitamini bisyor ekani hisobiga ushbu mahsulot ko‘rish bilan bog‘liq muammolarning oldini oladi, teri, suyaklar va tish holatini yaxshilaydi.

Tabiiy antioksidant hisoblangan C vitamini immunoglobulin ishlab chiqarilishini jadallashtiradi, organizmni virus va kasallik keltirib chiqaradigan bakteriyalardan himoya qiladi. Qolaversa, organizm hujayralarini zararli radikallardan asraydi, yallig‘lanish jarayonlarining oldini oladi. Terini oziqlantirib, yaltirab turishini ta’minlaydi, quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Mandarin tarkibidagi B1 vitamini esa asab tizimiga ijobiy ta’sir qilib, xotira va diqqatni yaxshilaydi. D vitamini miya faoliyati va yurak-qon tizimini rag‘batlantiribgina qolmay, qarish jarayonini ham sekinlashtiradi.

Shuningdek, ushbu sitrus meva suyak va bo‘g‘imlarni mustahkamlovchi K vitaminini ham o‘z ichiga oladi. Qon-tomir devorlarining elastikligini ta’minlab, paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini oladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Ta’mi shirin ekaniga qaramay, mandarinda kaloriya siz o‘ylaganchalik ko‘p emas. Uning 100 grammida atigi 500 kkal bo‘ladi. Qondagi qand miqdorini oshirmagani uchun ishtaha ochilishi va ortiqcha ovqatlanishni keltirib chiqarmaydi. Kletchatkaga boyligi sabab organizmning detoksikatsiyasi va hazm tizimining me’yoriy faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. 80 foiz foydali moddalar mujassamligi uchun undagi oq plyonkani olib tashlash tavsiya qilinmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?