Daryo

Diyetologlar hech qachon iste’mol qilmaydigan 5 mahsulot

Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, ammo bolalar shirinliklari eng zararli mahsulot hisoblanadi

2 daqiqa o‘qish87 033 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Oziq-ovqat haqida gap ketganda, diyetologlar kabi parhezga qat’iy amal qilish juda qiyin. Albatta, oddiy odamlar uchun ularning diyetasi juda qattiq va cheklangan bo‘lib ko‘rinadi, ammo ba’zi qoidalar qabul qilishga arziydi.

Qayta ishlangan go‘sht

Foto: Getty Images

Har qanday yarimtayyor go‘sht mahsulotlari: sosiska, kotlet, kolbasa va boshqalar tarkibida katta miqdorda tuz, konservantlar va boshqa qo‘shimchalar bo‘ladi. Diyetologlar bunday oziq-ovqat mahsulotlarini ratsiondan butunlay chiqarib tashlashni maslahat beradi, chunki ular tarkibida sog‘liqqa yomon ta’sir qiladigan zararli yog‘lar mavjud.

Ketchup va turli xil souslar

Foto: Getty Images

Agar siz bunday mahsulotlarning yorliqlarini sinchkovlik bilan o‘qisangiz, deyarli hammasida juda kam miqdordagi istisnolardan tashqari, natriy, ta’m beruvchi moddalar yoki shakar nihoyatda ko‘p miqdordaligini bilib olasiz. Bunday sun’iy mahsulotni iste’mol qilgandan ko‘ra zaytun moyidan foydalangan ma’qul.

Rangli qandlar

Foto: Getty Images

Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, ammo bolalar shirinliklari eng zararli mahsulot hisoblanadi. Haddan tashqari miqdordagi shakar va turli xil oziq-ovqat ranglari nafaqat tishlarga, balki vaznga ham salbiy ta’sir qiladi. Shirinliklar va karamellarda mavjud bo‘lgan “bo‘sh” kaloriya ochlikni umuman qondirmaydi, aksincha ishtahani yanada karnay qiladi.

Xom baliq va xom go‘sht

Foto: Getty Images

Bu cheklov endi kaloriya emas, balki organizm xavfsizligi bilan bog‘liq. Xom hayvon mahsulotlarida patogenlar bo‘ladi. Natijada pishmagan go‘sht yoki baliq iste’mol qilish kasallikka yoki kamida oshqozon buzilishiga olib kelishi mumkin. Noxush vaziyatlarning oldini olish uchun mahsulot yaxshilab pishirilganligiga ishonch hosil qiling.

Muzlatilgan taomlar

Foto: Getty Images
Muzdan tushirilib iste’mol qilinadigan tayyor ovqatlar mutaxassislar tomonidan qat’iyan man etiladi. Ular odatda tuz, shakar, konservantlar, ziravorlar va maza kuchaytirgichlardan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari, ularning tarkibida hech qanday kletchatka va foydali moddalar bo‘lmaydi. Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar