Daryo

“O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

Hafta boshida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin

1 daqiqa o‘qish100 386 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonning shimoliy hududlariga 12-dekabr kuni, respublikaning katta qismiga 13-dekabrda Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo kirib keldi, deb xabar bermoqda Respublika Gidrometeorologiya markazi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, mamlakat bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Kunduz kungi havo harorati 7-9 daraja iliq, shimolda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

14-dekabrda siklon ta’siri saqlanib turadi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab, respublikaning qolgan hududlarida kun davomida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 1-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 3-5 daraja iliqqacha, respublikaning shimolida 7-12 daraja sovuqqacha, kunduzi 1-6 daraja sovuqqacha pasayadi. Bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 4-6 darajaga past.

15-dekabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Antisiklonning sovuq periferiyasi ta’siri hisobiga kechasi havo harorati 4-6 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 3-5 daraja iliq atrofida saqlanib turadi.

16—17-dekabr kunlarida antisiklon ta’siri asta-sekin zaiflashadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 0-3 daraja sovuqni tashkil etadi, kunduz kunlari 7-10 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 14-dekabr kuni qor yog‘ishi kutilmoqda

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar