Daryo

O‘zbekistonda kelasi hafta havo keskin sovib, qor yog‘ishi kutilmoqda

Respublika bo‘yicha havo harorati me’yordan 8-10 daraja pasayishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish106 050 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston hududiga 12—15-dekabr kunlari Kaspiy dengiz hududlaridan nam havo, so‘ngra Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, 12—14-dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi.

Tog‘ va tog‘oldi tumanlarda 12—13-dekabr kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Respublika bo‘yicha havo harorati me’yordan 8-10 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

13—15-dekabr kunlari havo harorati kechalari 3-8 darajagacha sovuq, kunduz kunlari esa 0-5 darajagacha iliq, shimolda kechalari 7-12 darajagacha sovuq.

Ba’zi joylarda 14-16 darajagacha sovuq, kunduz kunlari esa 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘lishi kutilmmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 10-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar