Daryo

Shavkat Mirziyoyev Nur-Sultondagi “Vatan himoyachilari” monumentiga gul qo‘ydi

Xorijiy davlatlar rahbarlari bu yodgorlikka gul qo‘yib, Qozog‘iston xalqiga hurmat-ehtiromini bildiradi

1 daqiqa o‘qish50 236 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 6-dekabr kuni Qozog‘istonning Nur-Sulton shahridagi “Otan korg‘aushilar” (“Vatan himoyachilari”) monumentiga gul qo‘ydi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, ushbu yodgorlik Ikkinchi Jahon urushida halok bo‘lgan qozog‘istonlik jangchilar xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan. Balandligi 37 metr bo‘lgan monument markazida vatan timsoli — ona tasvirlangan. Xorijiy davlatlar rahbarlari bu yodgorlikka gul qo‘yib, Qozog‘iston xalqiga hurmat-ehtiromini bildiradi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 5-dekabrdan buyon davlat tashrifi bilan Nur-Sultonda bo‘lib turibdi.

5-dekabr kuni ikki mamlakat yetakchilarining qisqa suhbati bo‘lib o‘tgandi.Tashrifning asosiy tadbirlari 6-dekabrga mo‘ljallangan. Oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiyot va transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish iqtiqbollari muhokama qilinishi, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilishi rejalashtirilgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar