Daryo

Toshkentda Italiyaning Piza universiteti filiali tashkil etiladi

Filial bitiruvchilariga Piza universiteti diplomi beriladi

1 daqiqa o‘qish46 894 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Pixabay”

“Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Foto: Pixabay

Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filiali tashkil etildi.

Filialda geologiya bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi, geologiya yo‘nalishida tadqiqotlar o‘tkaziladi va ularning natijalari amaliyotga joriy etiladi.

Filialda ta’lim 2022/2023-o‘quv yilidan kunduzgi shaklda o‘zbek, ingliz va rus tillarida kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Filial bitiruvchilariga Piza universiteti diplomi beriladi. Qabul parametrlari mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.

Bundan avval Rossiya O‘zbekistonda 8 ta OTM filialini ochishi kutilayotgani, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etilgani hamda Toshkent viloyatida Janubiy Koreyaning Hwashin Cyber universiteti filiali ochilishi haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar