Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatida Janubiy Koreyaning Hwashin Cyber universiteti filiali ochiladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, bunday taklif 20-sentabr kuni Toshkent viloyati hokimligida viloyat hokimi Davron Hidoyatov va Hwashin Cyber universitetining MDH davlatlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Kim Sunggi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bildirilgan.

Hwashin Cyber universiteti buning uchun 10 million dollar investitsiya kiritadi. Suhbat davomida mazkur loyihaning imkoniyatlari va ikki taraflama manfaatli jihatlari haqida to‘xtalib o‘tildi.

Universitetda sport zali, madaniyat saroyi, kutubxona binolarini qurish, ta’lim klasterini tashkil etish, buning uchun universitet qoshida maktabgacha ta’lim tashkiloti, umumta’lim maktab binosi, 600 o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish, ta’lim jarayonini tashkil etishda mutaxassislik fanlaridan darslarga malakali xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb qilish lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, universitetda tahsil olayotgan talabalarga o‘z yo‘nalishlarida o‘quv mashg‘ulotlarini Hwashin Cyber universitetida davom ettirib, tegishli tartibda ushbu universitet diplomini olish imkoniyatini yaratib berish tartiblarini joriy etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida hamkorlik yuzasidan memorandum imzolashga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun, Hwashin Cyber universiteti “Janubiy Koreya ta’lim organlari tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan birinchi kiber universitet”. Universitet biznes boshqaruvi, psixologiya, ijtimoiy ta’minot, chet tillari, kino va teleoperatorlik ishi, shuningdek, taekvondo bo‘yicha oliy ma’lumot beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda sug‘oriladigan yerda sun’iy baliq ko‘li tashkil qilinib, davlatga 15,4 mlrd so‘m zarar yetkazildi
Dunyo
Isroil G‘azodagi HAMAS obyektlariga qiruvchilar bilan hujum qildi
Sport
Lionel Messi mundialdagi gollar bo‘yicha Maradonaga yetib oldi. Argentinaliklardan faqat bir futbolchi undan oldinda