Daryo

Samarqandda konteyner ichidan ikki nafar ishchining jasadi noma’lum moddadan zaharlanish alomatlari bilan topildi

Baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish bo‘yicha komissiya tarkibi tasdiqlangan

1 daqiqa o‘qish46 050 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidagi korxonalardan biriga o‘rnatilgan konteyner ichida ikki nafar ishchi zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda tuman hokimining qarorida ma’lum qilingan.

Ma’lum qilinishicha, 17-noyabr kuni tumanning “Balxiyon” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Agrokimyo ta’minot servis” MChJning kirish darvozasi oldiga o‘rnatilgan metall konteyner ichida 2 nafar yollanma ishchi noma’lum etiologik zaharlanish bilan voqea joyida halok bo‘lgan.

Past Darg‘om tumani hokimining tegishli qarori bilan tumanda baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda uning sabablarini tekshirish bo‘yicha dastlabki zarur choralarni ko‘rish, baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasi tarkibi tasdiqlangan.

Avvalroq Toshkent viloyatida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlangani va ulardan biri vafot etgani, Farg‘onada ota va bola is gazidan zaharlanib vafot etgani, Samarqandda bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar