Daryo

O‘zbekistonning davlat qarzi 2022-yilda 33,5 mlrd dollargacha oshishi kutilmoqda

Bu YaIMga nisbatan 45,2 foiz demakdir

1 daqiqa o‘qish26 740 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonning umumiy davlat qarzi 2022-yil yakunida 33,5 milliard dollar, yoki YaIMga nisbatan 45,2 foiz miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi e’lon qilgan “Fuqarolar uchun budjet 2022” loyihasida keltirilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, 2021-yilda umumiy davlat qarzi darajasi 28,2 milliard dollarni — YaIMga nisbatan 41,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Bu iqtisodiyotning tez tiklanishi natijasida o‘tgan yilda prognoz qilingan 44,5 foizdan birmuncha kamroq, deb yozmoqda Spot.

Vazirlik ma’lumotida keltirilishicha, umumiy davlat qarzi, miqdorining o‘sishiga qaramay, makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada qolmoqda. Xalqaro amaliyotda makroiqtisodiy barqarorlik uchun YaIMning 60 foizini tashkil etadigan davlat qarzi xavfsiz hisoblanadi — O‘zbekiston shu darajada:

Kelgusi yilda kutilayotgan umumiy davlat qarzining 33,5 milliard dollaridan davlat tashqi qarzi 30,4 milliard dollarni (40,7 foiz) tashkil etadi. Shundan 23,5 mlrd dollar – O‘zbekiston nomidan, 6,9 mlrd dollar — O‘zbekiston  kafolati ostida jalb qilingan qarz mablag‘lari. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar