Daryo

Samarqanddagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish24 628 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda viloyat FVB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 22-noyabr kuni soat 14:13 da Samarqand viloyati Urgut tumani “Do‘stlik” MFYdagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 14:19 da yetib borib, yong‘in soat 15:38 da qurshab olingan va 15:55 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida taxminan 150 kvadrat metr maydonda uyning shifti va tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar