Daryo

“O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

Hafta o‘rtalarida O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan yana antisiklon kirib kelishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish107 166 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonda haftaning katta qismida ob-havo iliq, lekin ba’zi joylarda yomg‘irli bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Respublika Gidrometeorologiya markazi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 22-noyabr kuni O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo bo‘ladi, faqat Toshkent viloyatida kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 13-18 daraja iliqqacha isiydi, bu me’yordan 3-5 darajaga yuqoridir.

23—24-noyabr kunlari anomal iliq ob-havo saqlanib turadi, biroq Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda. 23-noyabrda respublikaning janubi-g‘arbiy, 24-noyabrda janubiy tumanlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat fon 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

25—26-noyabr kunlarida O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan yana antisiklon kirib kelishi kutilmoqda. 25-noyabrda respublikaning shimoliy hududlariga, 26-noyabrda respublikaning qolgan hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Havo harorati kechalari bulutlilik bilan 9-11 daraja iliqqacha ko‘tariladi. 26-noyabrga kelib esa kunduz kunlari me’yoriy qiymatlargacha pasayadi va 8-13 daraja iliqni tashkil etadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning ayrim hududlarida 23-noyabr kuni yomg‘ir yog‘adi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar