Yevropaning har bir shahri o‘ziga xoslik va imkoniyatlarga ega ekanini o‘zida mujassam qilgan fotolarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Shveytsariyaning Lyusern shahri ko‘chalarida jamoat sovitkichlarini uchratish mumkin. Unga muhtojlar uchun yeguliklar qo‘yib ketiladi.
Ispaniyadagi yogurtlar sotiladigan avtomat.
Germaniyaning Gamburg shahrida qayiqda boriladigan McDonald’s bor.
Latviyadagi IKEA do‘konlariga kirgan odam xariddan avval itlarini qoldirishi uchun maxsus joy ajratilgan.
Germaniyadagi bahaybat o‘rindiq.
Latviyadagi dvigateli vodorod bilan ishlaydigan trolleybus.
Vengriyadagi kitob sotib olish mumkin bo‘lgan avtomat.
Ispaniyadagi yurakcha shaklida yonadigan svetafor.
Shvetsiyadagi liftlarda qavatlar orasida to‘xtash imkonini beruvchi tugmacha bor.
Chexiyadagi 24 soatlik vaqtni ko‘rsatadigan qadimiy soat.
Xorvatiyadagi ko‘zini telefonidan uzmaydigan yo‘lovchilar uchun svetafor.
Norvegiyadagi kitoblari bor bekat. Avtobus kutayotgan yo‘lovchilar kitob o‘qib, vaqtini o‘tkazishi mumkin.
Norvegiyadagi yangi mahsulotlarning o‘ramida yaroqlilik muddati tugashiga qancha qolganini ko‘rsatadigan hisoblagich bor.
Avstriyadagi kirxonasi bor yoqilg‘i quyish shoxobchasi.
Belgiyadagi mehmonxonalardan birida tunda o‘zini yolg‘iz his qilgan mijozlarga baliq ijaraga beriladi.
Belgiyadagi do‘konlardan birining avtoturargohida homilador ayollar mashinasini qo‘yishi uchun alohida joy bor.
Mavzuga doir:
- Dunyodagi imkon bo‘lishi bilan borib ko‘rishga arziydigan 7 ta xushmanzara maskan (foto)
- Shahar va betakror manzaralarning samolyotdan turib olingan suratlari
- Sayyoradagi ko‘zni quvnatuvchi manzaraga ega maskanlar suratlari
- Yer yuzidagi inson hayoti davomida borib ko‘rishga arziydigan maskanlarning o‘ziga xos suratlari
Izoh (0)