Daryo

Namanganda fuqaro suv talashib, tanishini kaltaklab o‘ldirib qo‘ydi

Fuqaro janjal davomida suvning o‘zanini o‘zining bog‘iga burib olgan tanishining tanasiga qo‘llari bilan urib, do‘pposlaydi

1 daqiqa o‘qish58 862 ko‘rishlar0 izoh0

Namangan viloyati Davlatobod tumanida tanishini kaltaklab, o‘ldirib qo‘ygan shaxs qamoqqa olindi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Namangan viloyati Davlatobod tumanida “Namangan parranda sanoat” MChJga qarashli mevali bog‘iga suv quyish maqsadida borgan fuqaro soat 21:00 lar atrofida o‘sha yerda yashovchi tanishi bog‘iga yo‘naltirilgan suvni to‘sib olganidan g‘azablanadi va u bilan janjallashadi.

Fuqaro janjal davomida suvning o‘zanini o‘ziga burib olgan tanishining tanasiga qo‘llari bilan urib, do‘pposlaydi.

Oqibatda jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqiziladi. Biroq tibbiy muolajalarga qaramasdan, 4 kun o‘tib vafot etadi.

Holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar