Daryo

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi

Markaziy bank 22-noyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi

1 daqiqa o‘qish42 842 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Vesti Sochi”

Markaziy bank 22-noyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 26,77 so‘mga pastlab, 10 741,33 so‘mni tashkil qildi. Yevro 66,86 so‘mga pastlab, 12 136,63 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi 12,84 so‘mga ko‘tarilib, 10 768,10 so‘mni tashkil qilgandi. Ushbu valyutaning o‘zbek so‘miga nisbatan qiymati uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi.

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 18-noyabr kuni dollar kursi birinchi marta 10 810 so‘mga qadar ko‘tarilgandi. Prognozlarga ko‘ra, O‘zbekistonda dollar kursi 2022-yilda 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin.

Mavzuga doir: O‘zbekiston va Rossiya rubldagi hisob-kitoblarga o‘tishi mumkin

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar