Daryo

Foto: Toshkentda 2021-yil va 2020-yilda yog‘gan qor

17-noyabr kungi qor tasvirlangan suratda poytaxt havosining qanchalik ifloslangani yaqqol ko‘zga tashlangan

1 daqiqa o‘qish92 156 ko‘rishlar0 izoh0

Telegram’dagi “Davletovuz” kanali 17-noyabr kuni Toshkentda yog‘gan qor va bundan bir yil oldin yog‘gan qorning o‘zaro taqqoslangani tasvirlangan suratlar bilan bo‘lishdi.

2021-yil 17-noyabrda olingan suratFoto: Telegram / “Davletovuz”

17-noyabr kungi qor tasvirlangan suratda poytaxt havosining qanchalik ifloslangani yaqqol ko‘zga tashlangan.

2020-yilda yog‘gan qor vaqtida olingan suratFoto: Telegram / “Davletovuz”

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 17-noyabr kuni Toshkent shahri bo‘ylab ifloslangan qor yog‘gan. Qor namunalari olinganda ifloslangan qor qatlamlari (qizg‘ish loy rangi) kuzatilgan. Ta’kidlanishicha, ifloslangan qor yog‘ishiga 4-noyabrda Qozog‘iston janubida va 16-noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan qum bo‘ronlari sabab bo‘lgan.

“Agar Toshkentda 14-noyabrda yog‘inlar yog‘ib havo tozalangan bo‘lsa, Buxoro viloyatida esa yog‘inlar bo‘lmadi. 17-noyabrda respublikaning butun hududiga shamolning tezlashishi va ba’zi joylarda qumli bo‘ron bilan sovuq nam havo massasi kirib keldi. Shamol tezligidan ko‘tarilgan chang masofaga ko‘chdi hamda tuproq va qum rangini bo‘yab, Toshkent shahriga cho‘kdi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Uzbekistan Airways qor sabab bir qator xalqaro va ichki reyslar parvozini kechiktirgani, “O‘zgidromet” Chimyonda qor ko‘chish xavfidan ogohlantirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Kuzda Toshkentni qoplayotgan birinchi qor — suratlarda

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar