15:51, 25.10.2021 29136

Qirolichadek kiyining: Monarx xonimlarning takrorlash mumkin bo‘lgan 9 obrazi (foto)

Kuzgi obrazlar o‘ziga xos ko‘rinishi uchun qirolicha va malikalardan ilhomlanishingiz mumkin.

Megan Markl — charm yubka baza sifatida

Foto: Cosmopolitan

Qirollik dress-kodi tajriba qilish imkonini bermaganda garderobga qiziqarli rang va fakturalar qo‘shish mumkin. Konservativ obrazni o‘ziga xos ko‘rsatish uchun Megan charmdan foydalanadi.

Foto: Cosmopolitan

Charmdan tikilgan yopishib turadigan yubka rangining hisobiga qimmat ko‘rinadi, ammo shu bilan birga, zerikarli ham bo‘lib qolmaydi. Uni kuzgi garderobni asosi sifatida tanlash, moslab kofta yoki jemfer bilan kiyish mumkin.

Megan Markl — palto va burmali etik

Foto: Cosmopolitan

Ushbu usulda kiyinish kishini sarvqomat ko‘rsatishi aniq. Bo‘y past bo‘lib qolmasligi uchun esa palto rangidagi poshnali etik kiying.

Foto: Cosmopolitan

Tizzadan past turadigan burmali etik bilan uni yopib turadigan uzunlikdagi yubka obrazni o‘ziga xos ko‘rsatadi.

Megan Markl — palto, keng shim va poshnali etik

Foto: Cosmopolitan

Megan Markl bo‘yini baland ko‘rsatish uchun tepa qismi baland, uzun va etagi keng shim kiyib, uni uzun palto hamda poshnali poyabzal bilan moslaydi.

Foto: Cosmopolitan

Bunday umumlashma oyoqlarni uzun, qomatni esa ixcham ko‘rsatadi.

Keyt Middlton — katak-katak print

Foto: Cosmopolitan

Katak-katak kuz uchun eng yaxshi print ekanini Keyt obrazlari bilan bir necha marta isbotlagan. Undan asos sifatida foydalanish yoki urg‘u sifatida moslash mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Oddiy element qo‘shib, ushbu printli ustki kiyim bilan noodatiy ko‘rinishga ega bo‘lsa ham bo‘ladi.

Keyt Middlton — boshdan oyoq bir rangda kiyinish

Foto: Cosmopolitan

Boshdan oyoq bir rangda kiyinish obrazni juda ham o‘ziga xos ko‘rsatadi. Asos sifatida plissirovkali yubkadan foydalanish obrazning omadli chiqishini ta’minlaydi. Qomatga urg‘u berib, kuzgi qalin kiyimlarni to‘la ko‘rsatib qo‘ymaslikni ta’minlaydi.

Foto: Cosmopolitan

Ustki kiyim sifatida yumshoq matodan tikilgan vodolazka kiyish yoki oversize pidjaklarga e’tibor qaratish mumkin.

Malika Diana — universal jemfer

Foto: Cosmopolitan

Malika Diana ustma-ust kiyimlarni moslash va o‘zaro uyg‘unlashtirishni ham eplay olgan.

Foto: Cosmopolitan

U yoqali kofta ustidan keng turadigan jemfer kiyishni yoqtirgan. Kun isib ketadigan bo‘lsa, jemferni yechib, yelkasiga tashlab olishi mumkin bo‘lgan.

Malika Diana — etik va jinsi

Foto: Cosmopolitan

Bunday usulda kiyinish yomg‘irli havo uchun ayni muddao. Shimni etik ichiga tiqish ham qulay, ham issiq tutadi. Shimning bel qismi yuqori turadigan bo‘lsa, ichiga vodolazka yoki kofta kirgizish kerak.

Foto: Cosmopolitan

Etik tanlaganda yuqori qismi keng variantlarga e’tibor qaratsa bo‘ladi. Masalan, Diana bu borada old qismi uchli kazakilarni afzal bilgan.

Qirolicha Letisiya — kulrang kostyum va palto

Foto: Cosmopolitan

Kulrang kostyum — qirolicha garderobiga xos klassika sanaladi. Shunga qaramay, Letisiya har safar turli obrazlarni namoyon qila oladi. Kulrang universal va kundalik obraz uchun ayni muddao bo‘lgan rang hisoblanadi.

Foto: Cosmopolitan

Qolaversa, boshqa ranglar bilan moslash va umumlashtirish mumkin. Kostyum yanada o‘ziga xos ko‘rinishi uchun qalin va qattiq matodan tikilgan modellarga, shuningdek, katak printli variantlarga e’tibor qarating.

Malika Mariya-Olimpiya — poyabzal va kalta yubka

Foto: Cosmopolitan

Kuzda kalta kiyib bo‘lmaydi, deb o‘ylaganlar yanglishadi. Mariya-Olimpiyaning kuzgi garderobida, masalan, kuzgi kalta yubkani uchratish mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Obrazga o‘ziga xoslik qo‘shish uchun u qo‘pol poyabzal qo‘shishni afzal biladi.