Daryo

O‘zbekistonda Renault avtomobillari savdosi qachondan boshlanishi va narxlari ma’lum qilindi

Brend mamlakatda avtomobillarni yig‘ish va dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli loyihani amalga oshirish niyatida

1 daqiqa o‘qish105 050 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Auto.ironhorse.ru”

Renualt kompaniyasi Roodell dilerlik tarmog‘i bilan hamkorlikda O‘zbekiston hududida avtomobil ishlab chiqarish va sotishni yo‘lga qo‘yishni boshlamoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, Spot xabar berdi.

Foto: “Auto.ironhorse.ru”

Shuningdek, brend mamlakatda avtomobillarni yig‘ish va dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli loyihani amalga oshirish niyatida.

“O‘zbekiston — Markaziy Osiyo mintaqasida jadal o‘sib borayotgan bozor, bu yerda yangi avtomobillar bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Ishonchimiz komilki, o‘zbekistonlik mijozlar Renault avtomobillarining dizayni, zamonaviy texnologiyalar va yuqori darajadagi qulaylikni munosib baholaydi”, — deydi Renault’ning Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha bosh direktori Yan Ptachek.

Renault O‘zbekiston bozorida avvalroq Rossiya va MDHning boshqa davlatlarida sotuvga chiqqan modellarini taqdim etadi.

Ilk avtomobillar 2021-yilning kuzidan sotuvga chiqadi — bular Arkana kupe-krossoveri, shahar sharoitiga mo‘ljallangan Kaptur krossoveri, shuningdek, yangi avlod Duster yo‘ltanlamasi.

Narxlar

Roodell’ning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, O‘zbekistondagi Renault modellarining narxlari quyidagicha bo‘ladi:

• Arkana — 230 879 300 so‘mdan boshlanadi;
• Duster — 225 108 500 so‘mdan boshlanadi;
• Kaptur — 221 115 600 so‘mdan boshlanadi.

Rossiyada Arkana narxi — 1,3 million rubldan (18,3 ming dollar), Kaptur — 1,22 million rubldan (17,1 ming dollar), Duster — 1,01 million rubldan (14,3 ming dollar) boshlanadi.

Renualt’ning O‘zbekistondagi dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish bosqichma-bosqich, bozor talablariga mos ravishda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda Renault savdolari va servisi Toshkentdagi ikkita dilerlik markazi orqali amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Lada va Renault avtomobillarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotgani 2020-yilning oxirlarida ma’lum bo‘lgandi. Bu haqda 2021—2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlangan Prezident qarorida keltirilgan. 2021-yilda Renault—“AvtoVAZ” avtomobil zavodi qurilishi va ishga tushirilishi ko‘zda tutilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar